Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Jizzaxda. Viloyat va bir necha tuman hokimliklari rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

Bosh vazir Jizzaxda. Viloyat va bir necha tuman hokimliklari rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

Foto: Jizzax viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida viloyatning Jizzax shahar, Baxmal, Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor tumanlarida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyalari o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Jizzax shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Rahmonqulov Akrom Baxritdinovich o‘rniga Shukurov Akbar Safarovich, Baxmal tuman hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Safarov Bahriddin O‘rolovich o‘rniga Anarbayev Musa To‘rayevich, Do‘stlik tuman hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Qarshiboyev Ibrohim Boltaboyevich o‘rniga Uzakov Ulug‘bek Yuldashevich, Paxtakor tuman hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Kushboqov Narzulla G‘aybullayevich o‘rniga Boboyev Shukurullo Habibullayevich, Zarbdor tuman hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Anqayev Sanaqul Jo‘raqulovich o‘rniga Kushboqov Narzulla G‘aybullayevich, Zafarobod tuman hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Sayidov Ziyadin Hamidovich o‘rniga Do‘stlik tuman hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Qarshiboyev Ibrohim Boltaboyevich viloyat hokimi qaroriga asosan hokim etib tayinlandilar.

Shuningdek, Jizzax viloyat hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda hokim o‘rinbosarlari tarkibiga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Xudayberdiyev Alisher Tursunpo‘latovich o‘rniga Mamatqulov G‘anisher Abdukarimovich, viloyat hokimini o‘rinbosari, xotin qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan To‘rayeva Gulnora Mamadaliyevna o‘rniga Muxtorova Nazira Abdusattorovna, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Jo‘rayev Shuhrat Xo‘jamberdiyevich o‘rniga Raxmonqulov Akrom Baxritdinovich viloyat hokimi o‘rinbosari etib tayinlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring