Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Voyaga yetmaganlarning chet elga chiqishi osonlashdi

Voyaga yetmaganlarning chet elga chiqishi osonlashdi

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan voyaga yetmagan shaxslarning chet elga chiqishiga ruxsat berish tartibi yengillashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Agar bungacha voyaga yetmaganlarning chet elga chiqishi uchun to‘ldiriladigan ariza-anketalarga ular tahsil olayotgan o‘quv idoralari tomonidan muhr bosilishidan oldin, Xalq ta’limi shahar-tuman boshqarmalaridan ruxsatnoma olish shart bo‘lsa, endilikda ushbu ariza-anketalarning ular tahsil olayotgan ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanishi kifoya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring