Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eksklyuziv! «Xabar.uz» Bekoboddagi YTHda jarohatlanganlar holidan xabar oldi (foto)

Eksklyuziv! «Xabar.uz» Bekoboddagi YTHda jarohatlanganlar holidan xabar oldi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda Qurbon hayiti shukuhi davom etmoqda. Bu kunda xayr-saxovat va mehr-muruvvat ko‘rsatish, keksalar, nogironlar va bemorlar holidan xabar olish o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlaridan biridir. 

Foto: «Xabar.uz»

Ushbu an’anaga muvofiq, tahririyatimiz fotomuxbiri Farrux Aliyev jamoatchilik vakillari bilan birga Bekobod shahriga safar qildi. Ular shu yilning 20-avgust kuni Bekobod tumani hududida «Damas» avtomashinasi va hukumat vakillari bo‘lgan avtomashina ishtirokida ro‘y bergan avtotransport hodisasida jarohatlangan haydovchi B.Saidov va yo‘lovchi A.Meliboyev holidan xabar olishdi.

Foto: «Xabar.uz»

Ta’kidlash o‘rinliki, ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida mazkur yo‘l-transport hodisasi keng muhokama qilinib, «Damas» avtomobili haydovchisi va uning hamrohi haqida turli noxolis ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Tahririyatimiz vakili fuqarolar B.Saidov hamda A.Meliboyev yengil tan jarohati bilan Bekobod shahar tibbiyot birlashmasida davolanayotganlariga guvoh bo‘lishdi. Birlashma bosh shifokorining ma’lum qilishicha, bemorlarning ahvoli qoniqarli va ular jiddiy jarohat olishmagan, shu bois erta-indin oilalari bag‘riga qaytadi.

«Xabar.uz» muxbiri savoliga javob bergan B.Saidovning aytishicha, davolanish jarayonida hech qanday kamchilik yoki muammo mavjud emas. B.Saidov va A.Meliboyev o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring