Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xabar.uz muxbiri Xalq ta’limi vazirligi o‘tkazgan tanlovda g‘olib bo‘ldi

Xabar.uz muxbiri Xalq ta’limi vazirligi o‘tkazgan tanlovda g‘olib bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Feysbukdagi Maslahat.uz guruhi bilan hamkorlikdagi «Maktabdagi o‘qituvchingizni yodga oling» tanlovi nihoyasiga yetdi. Navbatdagi mukofot Xabar.uz muxbiri Nuriddin To‘raqulovga nasib etdi.

Tanlovda 600 ga yaqin ishtirokchi o‘zlarining maktabdagi ustozlari bilan bog‘liq yorqin xotiralarini bo‘lishishgan.

335 ta layk (Like) to‘plagan Nuriddin To‘raqulov tanlov g‘olibi bo‘ldi. Ushbu post foydalanuvchilar tomonidan keng muhokama qilingan. 

G‘olibga mukofotni Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova topshirdi.

«Tanlov juda qizg‘in bo‘ldi. 600 dan ortiq ishtirokchilar o‘z ustozlari haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Tanlovni tashkil etgan Xalq ta’limi vazirligiga ham o‘z minnatdorligimni izhor etaman», — deydi Nuriddin To‘raqulov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring