Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq va armiya birligi — Xatirchida ehtiyojmand oilalarga yordam berildi (foto)

Xalq va armiya birligi — Xatirchida ehtiyojmand oilalarga yordam berildi (foto)

4 aprel kuni Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda Navoiy viloyati harbiy-ma’muriy sektor rahbariyati bilan hamkorlikda Xatirchi tumanida tashkil etilgan ֿ«Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi» orqali 70 ta og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga ko‘mak berildi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Tadbirda orkug qo‘mondonligi, tuman hokimligi, Xatirchi tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash bo‘limi, Xalq qabulxonasi vakillari, Samarqand harbiy prokuraturasi hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda karantin tadbirlari o‘tkazilayotgan bir paytda Xatirchi tumanidagi 20 ga yaqin qishloqlarda istiqomat qilayotgan nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan hamda yolg‘iz keksalar xolidan xabar olindi. Xalq va armiya birligi namoyon bo‘ldi.

Sharoiti og‘ir oilalar harbiylar bilan suhbatda har bir fuqaro hayoti va sog‘lig‘i davlat va Prezident himoyasida ekanligiga ishonch hosil qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy harbiy okrugi Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatidagi harbiy qism va muassasalarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring