Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro press-klubda bolalar tarbiyasiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi

Xalqaro press-klubda bolalar tarbiyasiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi

Foto: Xalqaro press-klub

Joriy yilninng 16-noyabr kuni Xalqaro Press-klub hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamkorligida «Bolalar va yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida oilaning roli» mavzuidagi Xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya yakunlariga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi.

Markaz tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 4-maydagi «Din yoki e’tiqod erkinligini ta’minlash borasidagi «Yo‘l xaritasi» to‘g‘risida»gi Qo‘shma Qarori ijrosi doirasida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda «Bolalar va yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida oilaning roli» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Anjumandan ko‘zlangan maqsad farzand tarbiyasida oilaning mas’uliyatini oshirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarziga amal qilishda bolaning oilada yashash va tarbiya qilish huquqini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rni va rolini oshirish, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan.

Foto: Xalqaro press-klub

Konferensiya ishtirokchilari yalpi majlisdan keyin seksiyalarga bo‘linib, «Oila va tarbiya», «Din va oila», «Oila va jamoatchilik» kabi yo‘nalishlarda ishlarini davom ettirishdi. Anjumanda bir qator mavzularda bahs-munozaralar, fikrlar xilma xilligiga asoslangan chiqishlarga keng o‘rin berildi. Xususan, «O‘zbekistonda bolalar va oila farovonligining ijtimoiy asoslari», «Zamonaviy avlod axloqiy tarbiyasining o‘ziga xos jihatlari va yuzaga kelayotgan muammolar», «Globallashuv jarayonida yoshlarning oila va nikohga oid qarashlari», «Yaponiyada tarbiya va ta’lim masalalarining o‘ziga xos xususiyati» kabi mavzular qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Konferensiya ishida oilalar mustahkamligi hamda yosh avlod ta’lim-tarbiyasida oilaning tutgan o‘rni va roli borasida ilg‘or xorijiy va xalqaro tajribani o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Chet ellik mutaxassislar o‘zlari olib borgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, izlanishlar natijalari bilan o‘rtoqlashdilar, o‘zaro tajribalar almashildi. Shulardan kelib chiqib, bolalar va yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida bugungi kunda qanday samarali yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish, qanday salbiy oqibatlardan voz kechish bo‘yicha bahs-munozaralar yuritilib, fikr-mulohazalar bayon etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring