Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro turizm: Buxoroda elektrokar, havo shari va boshqalar (video)

Xalqaro turizm: Buxoroda elektrokar, havo shari va boshqalar (video)

Kadr: «Youtube»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrining tarixiy qismida turizm sohasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.

Prezident jahon tajribasi asosida sayyohlarga barcha qulayliklarni yaratish, ularning xavfsizligini ta’minlash, ko‘ngilochar dasturlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Davlat rahbari shaharning tarixiy qismidagi madaniy meros ob’yektlarini ta’mirlash va tiklash, hududdan o‘tgan avtomobil yo‘llari va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekostruksiya qilish kabi loyihalar bilan tanishdi.

Shuningdek, sayyohlarning e’tiborini jalb etish uchun havo sharlari, maxsus elektrokarlar, xavfsiz turizm kabi bir necha loyihalar ham taqdim etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring