Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xayriya bilan shug‘ullanayotgan Sardor Rahimxon Qo‘rg‘ontepaga keldi

Xayriya bilan shug‘ullanayotgan Sardor Rahimxon Qo‘rg‘ontepaga keldi

Yurtimizda bir qancha xayriya loyixalari tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi paytda ulardan eng ko‘p tilga olinib kelayotganidan biri mashxur xonanda Sardor Rahimxon tashkil etgan «Yurak amri» loyixasidir.

Ushbu loyixa doirasida bir qancha oilalarga katta ko‘mak ko‘rsatilayotgani, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi asosiy mavzulardan biriga aylanib ulgurgan. Loyixa davomida yurtimizning turli nuqtalariga safar qilayotgan Sardor Rahimxon jamoasi bugun Qo‘rg‘ontepa tumaniga keldi.

Dastlab Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi Avazbek Ergashev, loyixa asoschisi Sardor Rahimxon bilan suxbatlashib, tumanimizda belgilangan tartibda amalga oshirilayotgan xayriya harakatlari, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash ustida ko‘rilayotgan qator chora-tadbirlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Tumanimiz xududida olib borilayotgan ishlarga guvoh bo‘lgan mehmonlar, iliq taassurotlarini bayon etishdi va tumanimiz farovonligini mustahkamlashda hammaga kuch-g‘ayrat tilagan holda, ish rejalari bo‘yicha turli manzillar sari yo‘l olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring