Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyga bormoqchi bo‘layotgan o‘zbekistonliklar diqqatiga: tavsiya va ogohlantirishlar

Xitoyga bormoqchi bo‘layotgan o‘zbekistonliklar diqqatiga: tavsiya va ogohlantirishlar

Foto: «Scoopnest.com»

So‘nggi kunlarda Xitoyning turli hududlarida, jumladan, Pekin shahri aholisi o‘rtasida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning yangi holatlari ro‘y bergani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi Xitoyda bo‘lib turgan va mazkur mamlakatga kelishni rejalashtirayotgan vatandoshlardan quyidagilarga e’tibor qaratishlarini so‘raydi:

  1. XXR Hukumatining koronavirus tarqalishini to‘xtatish hamda kasallik oqibatlarini bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va ko‘rayotgan chora-tadbirlariga qat’iy rioya etish.
  2. 2021-yil 19-yanvardan e’tiboran xorijiy mamlakatlardan poytaxt Pekinga keladiganlar sog‘ligini nazoratga olish uchun karantin muddati 28 kungacha uzaytirildi. Xorijdan Xitoyning boshqa shaharlari orqali Pekinga kirmoqchi bo‘lganlar poytaxtga kirishdan oldin o‘sha shaharlarda 21 kun karantinda bo‘ladi. Pekinga yetib kelgach, ularning salomatligi 7 kun davomida yana kuzatuvga olinadi.
  3. Xitoydan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan vatandoshlarga «Sian-Toshkent-Sian» yo‘nalishida charter havo qatnovlarini amalga oshirayotgan Xitoy aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanishi tavsiya etiladi. Talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalar uchun aviachipta xarid qilishda chegirma mavjud.
  4. O‘zbekiston fuqarolari XXR hududidan Seul shahriga (Koreya Respublikasi poytaxti) yetib olishi va aeroport tranzit hududidan chiqmagan holda haftaning har juma kuni «Uzbekistan Airway» AJ amalga oshirayotgan «Toshkent-Seul-Toshkent» yo‘nalishidagi reyslar orqali Vatanga qaytishlari mumkin.
  5. O‘zbekistonga qaytgan va o‘qishni/mehnat faoliyatini davom ettirish maqsadida Xitoyga qaytishni rejalashtirayotgan vatandoshlarlarga ta’lim muassasasi/ish beruvchi bilan bog‘lanib, o‘zlarining Xitoyga qaytishlari bo‘yicha maslahatlashib olish tavsiya etiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring