Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xodimlari Toshkent propiskasini olish imkoniga ega tashkilotlar soni yana bittaga oshdi

Xodimlari Toshkent propiskasini olish imkoniga ega tashkilotlar soni yana bittaga oshdi

Foto: «Xabar.uz»

Xodimlari Toshkent shahrida propiskadan o‘tishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga oshdi. Endi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi xodimlari shunday imkoniyatga ega.

Bu haqda Adliya vazirligining kanalida ma’lumot berib o‘tilgan.

«Hukumat qarori (345-son, 22.04.2019 y.) bilan Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘yxatda shu paytgacha 82 ta tashkilot mavjud edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring