Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xotin-qizlar uchun yana bir ezgu ish

Xotin-qizlar uchun yana bir ezgu ish

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi BMTTDning «Davlat boshqaruvida hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol qatnashishi uchun ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish» mavzusida trening o‘tkazadi.

Tadbirni samarali tashkillashtirish nuqtai nazaridan 2018-yilning 5, 6, 11 va 13-aprel kunlari har biri 28-29 nafardan xotin-qizga mo‘ljallangan (jami 115 nafar xotin-qiz) 4 ta bir kunlik treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Trening O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Markaziy apparati va tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga, «Eng yaxshi innovatsion g‘oyalar» tanlovi g‘oliblariga, rahbar ayollarga, biznes egalariga, karera qilishga, professional mavqega erishishga va o‘ziga ishongan, bilim ko‘nikmalarini oshirishga intilgan ayollar uchun mo‘ljallangan.

Treningning maqsadi quyidagilardan iborat: ayollarning bilim ko‘nikmalarini oshirish, ularning boshqaruv tizimida va umuman hayotdagi o‘rni to‘g‘risidagi kompleks tushunchani shakllantirish; o‘zining bilim ko‘nikmalarini oshirish salohiyatini baholash, individual rivojlanish rejasini tuzish; biznes va shaxsiy hayotda kerakli muvaffaqiyatlarga erishish uchun eng muvaffaqiyatli strategiyalarni ishlab chiqish; hamkorlar bilan samarali muloqotni o‘rnatishga o‘rgatish; o‘zi to‘g‘risidagi taassurotlarni ongli ravishda boshqarish va o‘z imiji sababli kelayotgan axborotni nazorat qilish, shuningdek, hayotiy o‘zgarish va yutuqlar uchun rejalar tuzishni, ilhom va quvvat olishni o‘rgatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring