Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

XPK raisi Samarqandda master-klass o‘tdi

XPK raisi Samarqandda master-klass o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand shahridagi viloyat matbuot markazida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan bosma ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida «Hududiy dasturlarning ijrosini ta’minlashda mahalliy gazetalarning o‘rni» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalqaro press-klub raisi Sh.Qudratxo‘jayev, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi F.Toshev, viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari M.Ibodullayev, viloyat tumanlari gazetalari muharrirlari va Samarqandda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlar ishtirok etishdi.

Seminarda bosma nashrlarda davlat va hududiy dasturlar ijrosini yoritishda tahlil va taqqosga e’tibor qaratish, bunda har bir hudud bo‘yicha loyiha manzillarining aniqligi, loyiha doirasida ishga tushirilishi rejalashtirilgan korxona muddati, talab etiladigan umumiy mablag‘ miqdori, ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan mahsulotlar yo‘nalishi, turi, yaratiladigan yangi ish o‘rinlari haqida sodda usulda xalqqa yetkazish haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, har bir gazetaning internet saytlarida axborotlar joylashtirilishi, yangiliklarning qisqa matnlarda yoritilishi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Xalqaro press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev seminarda chiqish qilib, yig‘ilganlarga bugungi kunda jurnalistlar nimalarga asosiy e’tiborni qaratishlari haqida to‘xtalib, bu mavzuda atroflicha fikrlar bildirdi.

Karimberdi To‘ramurod

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring