Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir mehnat agentligi litsenziyasidan ayrildi

Yana bir mehnat agentligi litsenziyasidan ayrildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Profelite IMP xususiy bandlik agentligi” MChJga 2019-yil 12-aprelda berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi 0053-sonli litsenziyani to‘xtatgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmagani to‘g‘risida shu agentlik ustidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. “Profelite IMP xususiy bandlik agentligi” fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish yuzasidan ular bilan shartnoma imzolagan.

Vazirlikning eslatishicha, Koreya Respublikasida ishga joylashtirish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi. Fuqarolarning Koreya Respublikasidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan Anglashuv memorandumi asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, Ye9 viza bilan fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish vakolati faqat Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan.

Mazkur xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, IIBBga murojaat qilish so‘raladi.

Yaqinda «Human» bandlik agentligi ustidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring