Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi hokim «Namangan city» loyihasi bekor qilinganini e’lon qildi

Yangi hokim «Namangan city» loyihasi bekor qilinganini e’lon qildi

Foto:«O‘zA»

27-sentyabr kuni Namangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov aholi bilan o‘tkazilgan muloqotda Namangan shahridagi Furqat va Guliston mahallalari o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan yangi shahar qarori - «Namangan city» loyihasi bekor qilinganini ma’lum qildi.
 
Bu qaror ayniqsa, mingdan ziyod xonadonlari buzilmaydigan gulistonliklar tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi, deyiladi xabarda. 
 
Avvalgi loyiha o‘rnida hudud mahallalarini obod qilish, asfalt yotqizish ishlarini olib borish singari yangi loyihalar taqdim etildi. 
 
Yangi shahar qurilishi, ya’ni «Smart city» - «Aqlli shahar» loyihasi Namangan shahriga tumanlardan qo‘shib berilgan 3686 gektar yerlarda barpo etiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring