Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi tashkil etilgan vazirlikka rahbarlar tayinlandi

Yangi tashkil etilgan vazirlikka rahbarlar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga vazir hamda uning o‘rinbosarlari tayinlandi. Vazirlikka avval iqtisodiyot vaziri bo‘lib ishlagan Botir Xo‘jayev rahbarlik qiladi, deya xabar berdi «Gazeta.uz».

Botir Xo‘jayev

Botir Asadillayevich Xo‘jayev (1956-y.t.) Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlagan. 2005−2006-yillarda O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan.

2006−2009-yy. — O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri. 2009−2011-yillarda bosh vaziri o‘rinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, 2011−2016-yillarda iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, 2016−2017-yillarda — moliya vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2017-yil noyabrdan Iqtisodiyot vazirligiga rahbarlik qildi.

Ravshan G‘ulomov

Ravshan Ayubovich G‘ulomov (1968-y.t.) iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. U Toshkent davlat universiteti (1992) va Avstraliya milliy universiteti (1998) bitiruvchisi.

1992−2004-Markaziy bankda ishladi, 2001-yildan MB raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. 2004−2007-yillarda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari va «Asaka» banki boshqaruvi raisi, 2007−2016-yillarda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida ishladi.

2017-yil aprelidan 2018-yil avgustiga qadar Davlat raqobat qo‘mitasi raisi, so‘ngra Vazirlar Mahkamasi departamentiga rahbarlik qildi.

Sohib Saifnazarov

Sohib Ismoilovich Saifnazarov (1973-y.t.) iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari bo‘ldi. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 1996-yildan 1998-yilgacha «O‘zbekqishloqxo‘jalikmash» korxonasida iqtisodchi bo‘lib ishlagan. 1999−2001-yillarda Toshkent viloyat hokimiyati axborot-tahlil guruhida yetakchi mutaxassis bo‘lgan.

2001−2003-yillarda O‘zbekiston Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi sho‘’ba korxonasini boshqargan. 2004−2009-yillarda Iqtisodiyot vazirligida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 2012−2017-yillarda «Angren» erkin iqtisodiy zonasida davlat unitar korxonasi direktori bo‘lgan. 2017-yil avgustida Sohib Saifnazarov tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Umidjon Salimov

Umidjon Zokirjonovich Salimov (1976-y.t.) iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti aspiranturasini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi.

1998−1999-yillarda «Avtodayjest» gazetasi mas’ul kotibi lavozimida ishlagan. 1999−2000 yillarda «O‘zavtosanoat» assotsiatsiyasining «Avtosaninvestproyekt» kompaniyasida yetakchi mutaxassis bo‘lgan. 2000−2004-yillarda «O‘zavtosanoat» assotsiatsiyasi moliya-iqtisodiy ekspertiza va kreditlash boshqarmasida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2005−2007-yillarda «O‘zavtosanoat» marketing, savdo strategiyasi va eksport salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi bo‘lgan. 2007−2009 yillarda GM Uzbekistan yangi loyihalar boshqarmasi bo‘lim bosh menejeri lavozimida ishlagan.

2009−2011-yillarda GM Powertrain Uzbekistan bosh direktori o‘rinbosari bo‘lgan. 2011−2013-yillarda esa «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi o‘rinbosari edi.

2013−2017-yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi direktori sifatida ish olib bordi.

Botir Usmonov

Botir Shukurillayevich Usmonov ham Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbari o‘rinbosari bo‘ldi. Qozon davlat texnika universiteti (1993) bitiruvchisi, Andxra universiteti (Hindiston, 1999) magistranti, Gamburg texnika universiteti (2001) magistranti.

Bugungi kunga qadar Toshkent axborot texnologiyalar universitetida (2017−2019) ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, M.V.Lomonosov nomidagi MDU Moskva filiali amaliy matematika va informatika kafedrasi dotsenti, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (2013−2016) lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring