Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi yil sovg‘asi» lotereyasi g‘oliblari aniqlandi (foto)

«Yangi yil sovg‘asi» lotereyasi g‘oliblari aniqlandi (foto)

Foto: Xalq banki

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining «Yangi yil sovg‘asi» tirajli, pul-buyum yutuqli lotereyasi (3-chiqarilishi) yutuqlar tiraji 2018-yil 27-dekabr kuni Jizzax shahrida «Jizzax viloyat musiqali drama teatri» binosida ochiq tarzda o‘tkazildi. Bu haqda Xalq banki axborot xizmati xabar berdi.

Xalq banki tomonidan tashkil etilgan ushbu tirajli, pul-buyum yutuqli lotereyada 2 ta razryadda, ikki million donada, jami 4,0 mlrd. so‘mlik bilet muomalaga chiqarilgan.

Ushbu tirajda respublikamizda ishlab chiqarilgan 8 ta «Spark» avtomobili, 10 mln., 3 mln. so‘mlik hamda boshqa ko‘plab boshqa pul yutuqlari o‘z egalarini topdi.

Ta’kidlash lozimki, jami o‘ynalgan yutuq fondi summasi bir milliard 979 million 556 ming so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, ushbu tiraj doirasida Xalq banki tomonidan Jizzax viloyati Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 32-sonli yordamchi internat maktabiga «Damas» avtomobili  xayriya sifatida berildi.

Shuningdek, ushbu maktab-internatning moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 40 800 000 so‘m miqdorida ijtimoiy xayriya mablag‘lari ham ajratildi.

— Xalq banki tomonidan maktab-internatimizga ajratilgan «Damas» avtomobili hamda homiylik mablag‘lari chinakamiga bayram tuhfasi bo‘ldi, — deydi ushbu maktab-internat direktori Bekzod Boboyev. — Endi maktab-internat o‘quvchilarini tibbiy ko‘rik va madaniy tadbirlarga olib borishda o‘zimizning avtomobilga ega bo‘ldik. Qolaversa, 40 800 000 so‘mlik homiylik mablag‘lari hisobidan ish jarayonida foydalanish uchun muzlatgichlar, televizorlar, tikuv mashinalari hamda boshqa buyumlar xarid qildik. Bularning hammasi uchun Xalq banki jamoasidan minnatdormiz.

Bundan tashqari, Jizzax shahridagi 5-son ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 51 100 000 so‘m miqdorida ijtimoiy xayriya mablag‘lari ajratildi.

Jizzax shahar hokimligiga qarashli «Jizzax farovonligi» xayriya jamg‘armasiga 10 dona nogironlik aravachalarini xarid qilish uchun 20 mln. so‘m miqdorida ijtimoiy xayriya mablag‘lari ajratildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Jizzax shahrida o‘tkazilgan «Yangi yil sovg‘asi» tirajli, pul-buyum yutuqli lotereyasi quvonchli voqealarga boy bo‘ldi.

Omadi chopgan barcha yutuq sohiblarini tabriklab qolamiz.

«Yangi yil sovg‘asi» tirajli, pul–buyum yutuqli lotereyasi natijalarini ushbu havoladan bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida 

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring