Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyer shahrida muhtasham sanatoriy foydalanishga topshirildi

Yangiyer shahrida muhtasham sanatoriy foydalanishga topshirildi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli «Yangiyer» sanatoriysining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berib o‘tdi.

Bu yerda bir vaqtning o‘zida 250 kishi dam olib va salomatligini tiklashi mumkin. Sanatoriydagi yodobromli mineral suv yurak-qon tomir, markaziy va periferik nerv tizimi, teri kasalliklari, serebral ateroskleroz, tayanch-harakat tizimining yallig‘lanishi va jarohatdan keyingi oqibatlar, reyno xastaligi, ayollar bepushtligining endokrin shakllari, ekzogen-konstitutsion semirish kabi kasalliklarni davolashda samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Sanatoriyni qurish va uni eng zamonaviy tibbiy diagnostika jihozlari bilan ta’minlashga O‘zbekiston kasaba uyushmalari hisobidan jami 84 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Sihatgohda 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi va tez fursatda muassasada 110 nafar ishchi xodim faoliyat yuritadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring