Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yaxshi mamlakatlar» indeksi e’lon qilindi

«Yaxshi mamlakatlar» indeksi e’lon qilindi

Foto: «Gazeta.a42.ru»

Bugun, 24-yanvar kuni «The Good Country Index» reytingi yangilandi. «Yaxshi mamlakatlar» indeksida 153 mamlakat 30 dan ortiq mezonlar asosida joylashtirilgan. Avvaldan aytib o‘tish kerak, reytingda bizning O‘zbekiston yo‘q!..

Mamlakatlar bu reytingda o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib umuminsoniyatga qo‘shgan hissasiga qarab joylashtiriladi. Masalan, bu reyting talqinida insoniyatga eng ko‘p nafi tegayotgan davlat — Finlyandiya. Atrof-muhitni himoyalashga katta hissa qo‘shyapti, ilm-fani rivojlangan, bu yerning odamlari, so‘zi erkin, xullas, hamma sohada oldinda.

Keyingi o‘rinlarda ham shunga o‘xshash, aksariyat reytinglar tepasini to‘ldirib turuvchi nomlarga ko‘zimiz tushadi: Irlandiya, Shvetsiya, Germaniya, Daniya...


Mavzu doirasida

Bizga «begona» reytingda Tojikiston Ukrainani ortda qoldirdi


Va aksincha, reytingning oxiridan Iroq (153-o‘rin), Liviya (152-o‘rin), Yaman (151-o‘rin) kabi mamlakatlar o‘rin olgan. Qiziq, «yaxshi mamlakatlar» reytingidagi oxirgi o‘rinlarni band etganlar qanday nomlanarkan?!

«Katta mamlakatlar»ga qarasak, AQSh bu reytingda 40-o‘rinda, Rossiya 41-o‘rinda, Xitoy esa 59-o‘rinda joylashgan.

«Yaxshimi-yomonmi» har holda qo‘shnilarimizdan Qirg‘iziston (69-o‘rin) va Qozog‘iston (105-o‘rin) bu reytingga kiritilibdi. Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston va O‘zbekiston bu reytingda yo‘q. Nega? No data...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring