Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» tanlovi boshlandi

«Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» tanlovi boshlandi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

«Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» tanlovi 2018-yilda bir qator o‘zgarishlar bilan yangicha tarzda o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Manbaning ma’lum qilishicha, tanlov uch bosqichda: tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichida tashkil etilib, unda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar ishtirok etishmoqda.

Tanlovning Respublika bosqichi joriy yilning 13—18-may kunlari 11 ta hududda o‘tkazilib, 13 ta o‘quv fanidan jami 197 nafar ishtirokchi 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashadi. Jumladan, dars ishlanmasi va taqdimot, ishtirokchining oxirgi uch yil davomida erishgan yutuqlari (o‘quvchisining respublika va xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyati), dars mashg‘uloti hamda onlayn test-sinovlari kabi shartlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

«Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» tanlovi davomida aniqlangan ilg‘or tajriba, o‘qitishning muqobil metodlari va texnologiyalari Respublika ta’lim markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi, tajriba-sinovdan o‘tkazilib, respublika miqyosida joriy etiladi.

Tanlov g‘oliblari «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak-nishoni hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» tanlovi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda sohadagi eng fidoyi, yangilikka intiluvchi va tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkazib kelinadi. Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagoglari orasidan eng ilg‘or, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonlarida samara beradigan muqobil metod va texnologiyalar, fanlarni o‘qitishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash hamda o‘qituvchining yuksak ma’naviyati, axloqiy fazilatlarini jamoatchiligimiz orasida targ‘ib qilishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring