Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov Madinadagi xalqaro Qur’on musobaqasida ishtirok etadi

Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov Madinadagi xalqaro Qur’on musobaqasida ishtirok etadi

Foto: «Azon.uz»

Shu yilning oktyabr oyida Madina shahridagi Masjidun Nabaviyda Qur’on hifzi, tilovati va tafsiri yo‘nalishlarida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Unda 82 davlatdan 115 kishi ishtirok etadi.

Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018”ning “Oliy mukofot” sohibi, Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov himoya qiladi. Bu haqda «Azon.uz» xabar bermoqda.

Ushbu musobaqa Muhammad sollallohu alayhi va sallamning masjidlarida 40 yildan beri ilk bor o‘tkazilmoqda.

Saudiya rasmiy OAV bergan ma’lumotga ko‘ra, Qur’on hifzi, tilovati va tafsiri yo‘nalishlari bo‘yicha qirol Abdul Aziz tanlovi 26 muharramda (6 oktyabr) boshlanib, safar oyining birinchi kunigacha (11 oktyabr) davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring