Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yonayotgan uydagi hushsiz odam qutqarib qolindi

Yonayotgan uydagi hushsiz odam qutqarib qolindi

Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida kelib chiqqan yong‘inda hushini yo‘qotgan odam qutqarib qolindi.

2020-yilning 23-yanvar kuni soat 03:30da Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Qarshi shahar «Shodlik» mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Unga ko‘ra, shu uyda istiqomat qiluvchi fuqaro qo‘shnisining yashash uyidan tutun chiqayotganini ma’lum qilgan.

Murojaat yuzasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman yong‘in-qutqaruv guruhlari soat 03:36da yetib borib soat 03.39da to‘liq bartaraf etildi.

Qutqaruv jarayonida uy egasi fuqaro P.T. tutundan zaharlanishi oqibatida hushsiz holatda aniqlangan va xavfsiz hududga olib chiqilib birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring