Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh bolakay vafotidan keyin ochiq turgan «quduq»larga qarshi kurash boshlandi (foto)

Yosh bolakay vafotidan keyin ochiq turgan «quduq»larga qarshi kurash boshlandi (foto)

Foto: «Kruz.uz»

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida 2011-yilda tug‘ilgan bolakay ochiq turgan «kolodets»ga sirpanib tushib ketishi natijasida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

«Kruz.uz» saytining ma’lum qilishicha, ushbu voqeadan keyin ijtimoiy tarmoqlarining Qoraqalpoq segmentida ochiq turgan «kolodets»larga qarshi kurash boshlandi.

Bu bo‘yicha «instagram»dagi @fivecity.onecountry sahifasi va «telegram»dagi «Eto Nukus» kanali ham ochiq turgan «kolodets»larni rasmga olib fleshmob o‘tkazmoqda.

Quyida Qoraqalpog‘istondagi ana shu ochiq turgan «kolodets»larni ko‘rishingiz mumkin.

Fleshmobdan ko‘zlangan asosiy maqsad jamoat joylaridagi ochiq turgan «kolodets»larning og‘zini bekitib qo‘yishga mas’ullar e’tiborini qaratish ekani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring