Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar kamoloti - 5 tashabbusda

Yoshlar kamoloti - 5 tashabbusda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 19-martda o‘tkazilgan videoselektorda ilgari surilgan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni maktabgacha ta’lim tizimida samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan 2019-yil 5-oktyabr kuni Chilonzor tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi va Toshkent Pedagogika kolleji bilan hamkorlikda “Yoshlar kamoloti - 5 tashabbusda” nomli seminar tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur seminar tadbiriga Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, Chilonzor tuman hokimiyati, Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayorlash va ularni malakasini oshirish instituti mutasaddilari tashrif buyurdilar. Bu tadbirda yoshlar sportning ko‘plab turlari, shaxmat-shashka kitobxonlik, sahna ko‘rinishlari, musavvirlik, musiqa, raqs kabi qobiliyatlarini namoyish etdilar. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutidan kelgan malakali vakillar tomonidan trening darslari o‘tkazildi. Tadbirda Maktabgacha ta’lim tarbiyachilari va Pedagogik kollej talabalari tomonidan yasalgan qo‘l mehnatidan iborat ko‘rgazmalar o‘rin egalladi. Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnunliklarini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring