Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasining milliardlari qayerga sarflanadi?

«Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasining milliardlari qayerga sarflanadi?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Tadbirkorlarga quyidagi shakldda moliyaviy yordam ko‘rsatish Jamg‘armaning asosiy vazifasi hisoblanadi:

— loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish;

— tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan miqdorda Jamg‘arma kafilligini berish;

— loyihalarda ular qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida ishtirok etish;
uy xo‘jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olishga ko‘maklashish.

Shuningdek, Jamg‘arma «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari va «Yoshlar mehnat guzari» komplekslari qurilishining 30 foizigacha bo‘lgan qismini moliyalashtiradi.

Jamg‘arma mablag‘laridan imtiyozli kreditlar berish va mol-mulkni lizinga berish, tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish, kafilliklar bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lash va boshqa bir qancha maqsadlarda foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 27-iyun kuni «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi. Ushbu farmon bilan respublika budjetidan 2018-yil iyulda, 1-oktabrgacha va 1-dekabrgacha teng ulushlarda 500 milliard so‘m miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ajratilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring