Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘taldan xalos bo‘lishning samarali yo‘li aytildi

Yo‘taldan xalos bo‘lishning samarali yo‘li aytildi

Angliyaning Xoll universiteti olimlari shokolad yo‘taldan xalos bo‘lishga yaxshi yordam beradi, degan xulosaga kelishdi deb yozmoqda «Lenta inform» nashri.

Shifokor-olimlar tomonidan 2019-yilning birinchi choragida o‘tkazilgan tadqiqotda 163 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shokolad tarkibidagi kakao biologik faol moddalar boy bo‘lgan teobromin tufayli yo‘talish istagini bostiradi.

Ushbu tajribada aniqlanishicha, shokolad asosidagi dori-darmonlarni qabul qilgan bemorda ikki kun ichida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan. Ushbu dalillarga asoslanib, olimlar antitussiv dori vositalariga ega kodeinga nisbatan yo‘talga qarshi teobrominning samaraliroq ekanligini aytishdi.

Xoll universiteti professori Alin Morisning ta’kidlashicha, kuchli yo‘tal paydo bo‘lganda achchiq shokoladning kichik bir qismini og‘izda eritib yuborish kifoya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring