Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozyovonda davlat xizmatlari qanday ko‘rsatilmoqda?

Yozyovonda davlat xizmatlari qanday ko‘rsatilmoqda?

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida davlat xizmatlari agentligi ishchi guruhi har bir oilaning turmush sharoiti bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etmoqda.

Jumladan, tumanning «Taraqqiyot» mahallasida aholi ichimlik suviga muhtojligi aniqlanib, tegishli tashkilot rahbariga ko‘rsatma berildi. O‘n bir nafar bolaga maktabgacha ta’lim muassasasiga yo‘llanma berildi.

Ishchi guruh tuman aholisi uchun kerakli mutaxassislarni jalb qilgan holda sayyor tibbiy ko‘rik ham tashkillashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring