Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YuNESKO ishlari bo‘yicha komissiya qo‘llab-quvvatlanadi

YuNESKO ishlari bo‘yicha komissiya qo‘llab-quvvatlanadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Hukumat qaror loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, Komissiyaning:

komissiya ishchi organi – kotibiyat boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 9 nafar etib belgilash;
komissiya bosh kotibi o‘rinbosari lavozimini joriy etish;
komissiya o‘rinbosarini maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtirish;
kotibiyat xodimlariga nisbatan Vazirlar Mahkamasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari, maqomi va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini tatbiq etish;
kotibiyat xodimlarining erishgan natijalaridan kelib chiqqan holda har oy 100 foizgacha ustamalar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki kotibiyatning valyuta hisob raqamiga loyiha va tadbirlarni amalga oshirish maqsadida kelib tushgan mablag‘lar doirasida ko‘rsatilgan bank xizmatlari uchun tegishli haq va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring