Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maradona: «Messi Argentina terma jamoasi lideri emas»

Maradona: «Messi Argentina terma jamoasi lideri emas»

Foto:«Manoramaonline.com»

Afsonaviy futbolchi Diyego Maradona Argentina milliy terma jamoasi sardori Messi haqida gapirdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Maradona besh karra «Oltin to‘p» sohibini jamoaning muvaffaqiyatsizligida ayblamoqchi emas.

«Keling, bitta o‘yinchi jahon chempionatida yutqazishi mumkin, deb hisoblaylik. Leo qanday bo‘lsa, shunday o‘ynayapti. Lekin u barcha sheriklarining muammosini hal eta olmaydi. Bola shunchaki lider emas», — degan Maradona.

Argentina terma jamoasi jahon chempionatida Xorxe Sampaoli qo‘l ostida ikkita o‘yinda bir ochko to‘pladi, xolos. Jamoaning guruhdan chiqa olishi savol ostida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring