Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

+120. Toshkent viloyati va poytaxtda bemorlar qayd etildi

+120. Toshkent viloyati va poytaxtda bemorlar qayd etildi

2020-yil 19-sentyabr soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 992 (+120) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 87 nafari Toshkent viloyatida, 33 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli N.Q. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 65 yoshli D.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 351 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Namangan viloyatida 72 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida ham 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 47 271 (+626) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 294 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring