Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+149. Kasallanish bo‘yicha Namangan va Andijon yetakchilik qilmoqda

+149. Kasallanish bo‘yicha Namangan va Andijon yetakchilik qilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 21-sentyabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51 789 (+149) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 91 nafari Namangan viloyati, 20 nafari Andijon viloyati, 11 nafari Toshkent viloyati, 8 nafari Qoraqalpog‘iston, yana 8 nafari Buxoro viloyati, 7 nafari Navoiy va 4 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli Z.Ch. (ayol) hamda Shayhontohur tumanida yashagan 46 yoshli H.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 47932 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3422 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 557 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring