Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+241. Bemorlar soni o‘sishi bir maromda saqlanib qolmoqda

+241. Bemorlar soni o‘sishi bir maromda saqlanib qolmoqda

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 11-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 545 (+241) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 193 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Navoiy viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 22 992 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 351 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1361 nafari og‘ir, 387 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring