Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9-avgust: O‘zbekistonda koronavirus holati bo‘yicha ma’lumot berildi

9-avgust: O‘zbekistonda koronavirus holati bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: «Yandex»

Shu yilning 9-avgust kuni mamlakatimizda 691 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Toshkent va Navoiy viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Namangan hamda Navoiy viloyatlarida jami 726 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 30 609 nafar bemordan 22 042 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 373 nafar bemordan 1 378 nafari og‘ir, 386 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring