Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afsuski, «qizil» hududlarda ham ommaviy tadbirlar o‘tkazilyapti — Nurmat Otabekov

Afsuski, «qizil» hududlarda ham ommaviy tadbirlar o‘tkazilyapti — Nurmat Otabekov

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagilarni ma’lum qildi: 

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3333 nafarga yetdi. 26-may kuni 29, jami 2636 nafar, ya’ni 81 foiz bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 683 bemor davolanmoqda, 4 nafarining ahvoli og‘ir. 

45 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Ularning 20 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitda karantinda bo‘lib turibdi. 

Karantin tadbirlari davom etyapti. Afsuski, ba’zi viloyatlarda, hatto, «qizil» hududlarda ham ayrim fuqarolarimiz tomonidan ommaviy tadbirlar o‘tkazish holatlari qayd etilyapti. Bu kabi yig‘inlar kasallik keng tarqalib ketishiga to‘liq asos bo‘lishi mumkin. 70 kundirki davom etayotgan karantin ko‘pchilikni zeriktirgani tabiiy. Lekin bugungi vaziyatda karantin tadbirlarini davom ettirishga majburmiz. Boisi, aholi orasida kasallik qayd etilyapti. 

Agar vaziyat yanada murakkablashishini xohlamasak, berilgan tavsiyalarga to‘liq rioya qilaylik. Shundagina vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishimiz mumkin. Aks holda, karantin tadbirlari yana kuchaytirilishi, muddati uzaytirilishi mumkinligini aslo yoddan chiqarmang! 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring