Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ahmadboy ishi»ni ko‘rgan sudya koronavirusdan vafot etdi

«Ahmadboy ishi»ni ko‘rgan sudya koronavirusdan vafot etdi

Foto: Kun.uz

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyat sudi sudyasi 31-iyul kuni vafot etgan. U koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va kasalxonada davolanayotgan bo‘lgan.

Hozircha uning vafoti Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rasmiy statistikada qayd etilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, X.Shermuhamedov «Ahmadboy ishi»ni ko‘rgan va 2020-yilning fevralida unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «a, v» bandlari (eski tahrirdagi) bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida hukmni e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring