Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh razvedkasi Uxandagi koronavirus haqida noyabrdayoq ogohlantirishgan

AQSh razvedkasi Uxandagi koronavirus haqida noyabrdayoq ogohlantirishgan

Foto: «REUTERS»

Amerika razvedkasi xodimlari 2019-yil noyabrning oxiridayoq Xitoyning Uxan shahrida yangi koronavirus tarqalishi haqida AQSh hukumatini ogohlantirishgan, deb yozadi «ABC» telekanali manbaga tayanib.

Unga ko‘ra, Uxandagi kasallik tarqalishi haqidagi ma’lumotlar o‘tgan yili noyabrda Tibbiy razvedka milliy markazi (NCMI) ma’ruzasida batafsil keltirib o‘tilgan. Ma’ruza qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar va yo‘ldosh tasvirlarining tahlil natijalariga asoslanadi. Razvedka Xitoyda kasallik tarqalishi AQShning Osiyodagi harbiy kuchlariga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin deb hisoblagan.

Manbaga ko‘ra, NCMI ma’ruza mualliflari «bu halokatli hodisa bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishgan». Bu haqda Oq uy va Pentagon shtablari boshliqlarining qo‘shma qo‘mitasi, AQSh Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi bir necha marta ogohlantirilgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, ushbu mavzudagi brifinglar yuqori martabali siyosatchilar ishtirokida dekabrda ham muntazam o‘tkazib turilgan. Yanvarda ham AQSh prezidenti Donald Tramp har kuni vaziyatning qanday rivojlanishidan xabardor bo‘lib turgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring