Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda navbatdagi kovidrekord — bir kunda salkam 60 ming bemor

AQShda navbatdagi kovidrekord — bir kunda salkam 60 ming bemor

Foto: DW

AQShda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etildi — bir kunda salkam 60 ming kishida virus topildi. «The New York Times» hisob-kitoblariga ko‘ra, kechagi sanada mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 59,4 ming kishiga ko‘paygan.

AQShning beshta shtati: Missuri, Texas, Tennessi, Yuta va G‘arbiy Virjiniyada eng ko‘p kasallar aniqlandi.

«Worldometer» servisiga ko‘ra, AQShda jami 3,2 million kishi koronavirus bilan kasallangan, shulardan 135 ming nafardan ziyodi vafot etgan. Kasalxonadan sog‘ayib chiqqanlar soni esa 1,4 million nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring