Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliya aholisi koronavirusga qarshi majburiy emlanishi kutilmoqda

Avstraliya aholisi koronavirusga qarshi majburiy emlanishi kutilmoqda

Foto: «Ua-au.net»

Avstraliya koronavirusga qarshi majburiy vaksinatsiyani joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Skott Morrison ma’lum qildi, deb yozadi «Nine Radio».

«Vaksinatsiya imkon qadar majburiy bo‘lishini kutgandim. Negaki jahon iqtisodiyotini izdan chiqargan va yuz minglab odamlarning yostig‘ini quritgan pandemiya haqida gap ketyapti», — dedi Avstraliya hukumati rahbari. Ta’kidlanishicha, faqat tibbiy sabab bo‘lsagina, vaksinatsiyani rad etish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada pandemiya boshlangandan buyon 24 ming kishi koronavirusga chalingan, 450 kishi vafot etgan. Dunyo bo‘yicha 22,1 million infeksiyani yuqtirib olgan bo‘lib, 781 ming nafari hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring