Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BAAdan O‘zbekistonga gumanitar yordam keldi (foto)

BAAdan O‘zbekistonga gumanitar yordam keldi (foto)

Foto: Otabek Umarov telegram kanali

Bu haqda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov o‘zining telegramdagi kanalida ma’lum qildi.

«Birlashgan Arab Amirliklari hukumatiga pandemiyaga qarshi kurashda O‘zbekiston xalqiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik izhor etaman!

Bugun 8 tonnadan ortiq gumanitar yordam maxsus reys bilan Toshkent aeroportiga olib kelindi. Tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar, himoya kostyumlari va boshqa vositalar bizga COVID-19 hujumiga qarshi turishga yordam beradi.

Biz bu og‘ir damlarda yolg‘iz emasligimizni bilishdan mamnunmiz va ayniqsa mamlakatingiz old qatorlarda koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan bir paytda bizni ham qo‘llab-quvvatlayotganingizni qadrlaymiz. Sizga egilib ta’zim qilamiz, vatandoshlarimning duolari ushbu sinov paytida sizni va yaqinlaringizni himoya qilsin!», deb yozadi Otabek Umarov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring