Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda 526 ta holat: Bishkekda karantin kuchaytirildi: bemorlar aeroportga ham joylashtirilmoqda

Bir kunda 526 ta holat: Bishkekda karantin kuchaytirildi: bemorlar aeroportga ham joylashtirilmoqda

Foto: «Kyrgyztoday»

Qirg‘izistonda epidemiologik vaziyat og‘irlashgani munosabati bilan 1-iyuldan poytaxt Bishkekda karantin choralari kuchaytirildi, deb xabar berdi «Kyrgyztoday».

Bu haqda Bishkek meri Aziz Surakmatov ma’lum qilgan.

Jamoat transporti va taksilar (ish kunlari ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha, kechki soat 17:00 dan 21:00 gacha ishlaydi, dam olish kunlari butunlay to‘xtatiladi), kafe va restoranlar, do‘kon va bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlar uchun vaqtincha cheklovlar joriy etildi. Klub va barlar, bolalar ko‘ngilochar muassasalari, futbol va boshqa o‘yin maydonlari yopildi.

Mamlakat bosh vaziri Kubatbek Boronov qator o‘quv yurtlari turarjoylari hamda «Manas» aeroportida bemorlar uchun palatalar tashkil etilayotganini ma’lum qilgan.

Holat shu darajadaga yetdiki, vrachlar yetishmovchiligi muammosini ordinaturada o‘qiyotganlar va tibbiyot institutlarining yuqori bosqich talabalarini safarbar etish hisobiga hal etishmoqchi.

Qirg‘izistonda pandemiya davrida koronavirusni yuqtirganlar jami soni 6261 nafarga yetdi, davolanayotganlar soni 3665 nafar, qurbonlar soni — 66 nafar. Kechaning o‘zida 439 nafar, bugun 526 nafar yangi bemor qayd etilganining o‘ziyoq mamlakatdagi epidemiologik holat qanchalik jiddiyligidan dalolat beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring