Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir kunda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 100 nafardan oshdi

Bir kunda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 100 nafardan oshdi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 17 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan esa 13 nafar, jami 30 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlash joizki, Toshkent shahrida shu paytga qadar 320 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 350 nafarga yetib, yurtimizda bemorlarning sog‘ayib chiqishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega hudud bo‘lib turibdi.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 104 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1096 nafarga yetdi va davolanayotganlarga nisbatan sezilarli darajada oshib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 1969 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, ayni paytda jami 865 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring