Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya koronavirus qurbonlari bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

Britaniya koronavirus qurbonlari bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

Foto: «Profi-news.ru»

«Sky News» xabariga ko‘ra, Birlashgan Qirollikda qurbonlar soni 684 nafarga ko‘payib, 3605 kishiga yetgan. O‘z navbatida, Xitoyda qurbonlar soni, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 3350 kishidan oshmaydi.

So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha bir millionga yaqin kishi virusni yuqtirgan bo‘lib, 50 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQSh ancha ilgarilab ketdi — 213 600. Italiyada 115 ming, Ispaniyada 110 ming kishi koronavirusni yuqtirdi.

Lekin Italiya qurbonlar soni bo‘yicha dunyoning barcha mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda: qariyb 14 ming kishi vafot etdi. Ikkinchi pog‘onada Ispaniya turibdi — o‘n mingdan sal ziyodroq. AQShda 4800 ming kishi vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring