Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun 507 kishi tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi (infografika)

Bugun 507 kishi tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi (infografika)

Foto: SSV matbuot kotibi

Shu yilning 27-sentyabr kuni mamlakatimizda 448 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 459 nafarga yetdi.

SSV matbuot kotibi koronavirusning hududlard tarqalishi bo‘yicha infografikani taqdim etdi. 

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida 507 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 55 401 nafar bemordan 51 965 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 977 nafar bemordan 725 nafari og‘ir, 299 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring