Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniyada COVID-19ga o‘xshash kasallik tarqalmoqda

Buyuk Britaniyada COVID-19ga o‘xshash kasallik tarqalmoqda

Foto: «Poisknews»

Buyuk Britaniya umumiy amaliyot shifokorlari mamlakatda shamollash, gripp, yo‘tal va nafas olish og‘irlashishi sababli tez yordamga murojaatlar ko‘paygani haqida ogohlantirishmoqda, yozmoqda «The Tegraph».

Ular asosan PZR-testi manfiy bo‘lishiga qaramay, kovidnikiga o‘xshash alomatlardan shikoyat qilayotgan 15 dan 44 yoshgacha bo‘lgan bemorlar.

Bemorlar asosan ko‘krakdan keluvchi yo‘tal hamda ta’m va hid yo‘qolishi hamrohligidagi holsizlik, tinkani qurituvchi tumov, kasallikning to‘lqinsimon kechishidan qiynalishmoqda. Holbuki, kasallikka chalinganlarning ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanishgan. Shifokorlar «supershamollash»ning uch haftagacha davom etishini, ayrim holatlarda besh haftagacha cho‘zilganini ham qayd etishgan.

Ehtimol bu koronavirus pandemiyasi sababli bir yarim yildan beri davom etayotgan ijtimoiy masofa saqlash, niqoblar taqish, qo‘llarga dezinfeksiya vositalari bilan muntazam ishlov berish kabi choralar oqibati — odamlar oddiy shamollash qarshisida ham ojizlashib qolgan. Ayrim mutaxassislar ayni holatni odatiy miqdordagi viruslar va bakteriyalar ta’siriga uchramagan odamlar virus bilan to‘qnashganda yuz beradigan «immunitet tanqisligi», deb baholashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring