Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda COVID-19dan vafot etganlar soni 12 mingga yaqinlashdi

Qozog‘istonda COVID-19dan vafot etganlar soni 12 mingga yaqinlashdi

Foto: «AA»

O‘tgan bir kecha-kunduzda Qozog‘istonda 1573 ta yangi turdagi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) bilan kasallanish holatlari qayd etildi, deb xabar beradi zakon.kz.

Qozog‘iston Respublikasida jami 929 784 ta COVID-19ni yuqtirish holati tasdiqlangan.

Markaziy Osiyo davlatida koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni kuniga 1176 nafarga oshib, 872 979 nafarga yetdi.

Qozog‘istonda bir kecha-kunduzda 20 kishi koronavirusdan vafot etdi. Pandemiya boshlanganidan beri 11 951 nafar qozog‘istonlik COVID-19 qurboniga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring