Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng issiq qit’ada ham koronavirusga chalinganlar yarim milliondan oshdi

Eng issiq qit’ada ham koronavirusga chalinganlar yarim milliondan oshdi

Foto: «Forumdaily.com»

Afrikada yangi tipdagi koronavirusga chalinganlar soni 600 ming kishidan oshdi, 300 mingdan ortiq bemor tuzaldi, deya xabar berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hududiy vakili.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida Afrika qit’asida 609 888 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, ulardan 305 ming kishi tuzaldi, 13 474 kishi COVID-19 dan vafot etgan.

Kasallanishlar soni, ayniqsa, JAR (287 796), Misr (83 001), Nigeriya (33 153) va Ganada (24 988) yuqori. Eng ko‘p o‘lim soni esa JAR (4172), Misr (3935) va Jazoirda (1018) qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 12,7 million kishida kasallik aniqlangan bo‘lib, ulardan 566 ming nafari olamdan o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring