Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Domodedovo» aeroportidan 300 nafar Markaziy osiyolikning chiqarib yuborilishi xabariga rasmiy izoh berildi

«Domodedovo» aeroportidan 300 nafar Markaziy osiyolikning chiqarib yuborilishi xabariga rasmiy izoh berildi

31 mart kuni Rossiyaning qator ommaviy axborot vositalarida «Domodedovo» aeroportidan charter reyslarida uylariga qaytishni istagan 300 ga yaqin Markaziy Osiyolik mehnat muhojirining chiqarib yuborilganligi to‘g‘risidagi xabarlar chop etilgandi.

«Dunyo» AA xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi «Domodedovo» va «Jukovskiy» aeroportlarida fuqarolarning to‘planishi faktini rad etgan. Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, «Vnukovo» va «Sheremetevo» aeroportlarida bo‘lgan vatandoshlarning aksariyati charter reyslarida O‘zbekistonga olib ketilgan.

«Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan 160 ga yaqin o‘zbekistonliklar navbatdagi charter reyslari tashkil etilgunga qadar hostel (yotoqxona)ga joylashtirilgan. Yurtdoshlarimizga yashash uchun barcha sharoit yaratilgan. Xususan, vatandoshlarimizga kuniga uch mahal issiq ovqat tashkil etilgan, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan», deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring