Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubay yurtimizga koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini taqdim etdi

Dubay yurtimizga koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini taqdim etdi

Foto: «Medikforum.ru»

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va do‘stona aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil 24-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi davomida qator sohalar bilan birga tibbiyot yo‘nalishida ham ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishib olingan edi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Dubay Amirligi hukumatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati o‘rtasida imzolangan mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini qo‘llab-quvvatlash doirasida texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro kelishuv Memorandumida ham qator masalalarga aniqlik kiritilgan.

Ushbu Memorandum doirasida kuni kecha Dubay Amirligi hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga umumiy qiymati 723 million so‘mga teng bo‘lgan koronavirus infeksiyasini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar taqdim etildi. SSVning ma’lum qilishicha, ular orasida o‘pkani doimiy ijobiy bosim bilan sun’iy shamollatish tartibi uchun maxsus niqoblar, tibbiy muolajalarda qo‘llaniladigan Enoksaparin natriy va Sefoson eritmalari mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring