Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron koronavirus tufayli 85 ming mahbusni ozod qildi

Eron koronavirus tufayli 85 ming mahbusni ozod qildi

Foto: «REUTERS»

Eron koronavirus tufayli 85 ming nafar mahbusni turmadan ozod qildi, deya xabar berdi Eron sud hokimiyati rasmiy vakili Ismoiliy.

«Bugungi kunda 85 ming nafar mahbus ozodlikka chiqarildi», — deya Ismoiliyning so‘zlarini keltiradi «Mizam Online» agentligi.

«RIA Novosti»ning yozishicha, koronavirus haqida ilk bor Eron hukumati 19-fevral kuni ma’lum qilgandi. O‘shandan beri koronavirus mamlakatning barcha provinsiyalariga tarqaldi, kasallanganlar soni, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 14 991 kishini tashkil etadi. Ulardan 853 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Qariyb 5 ming kishi sog‘ayib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring