Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Qozog‘istonda milliy motam kuni: bir daqiqa sukut saqlash vaqti ma'lum qilindi

Ertaga Qozog‘istonda milliy motam kuni: bir daqiqa sukut saqlash vaqti ma'lum qilindi

Foto: «Yandex.ru»

13-iyul — Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari sabab milliy motam kuni. Shu munosabat bilan ertaga bir daqiqalik sukut e’lon qilinadi. Bu haqda mamlakat prezidenti maslahatchisi Yerlan Karin bugun, ya’ni 12-iyul kuni ma’lum qildi.

Nursulton vaqti bilan peshinda bir daqiqalik sukut boshlanadi (11:00 t.v.), deb yozadi «Tengrinews».

8-iyulda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus tufayli vafot etganlar xotirasiga 13- iyulni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi. U har bir fuqaroning qazosi ko‘ngliga og‘ir botishini aytib, azadorlarga ta’ziya izhor etdi.

4-iyul kuni Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq yangi cheklovlar joriy etildi. Hududlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar harakati cheklandi, ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar, shuningdek, oilaviy va xotira tadbirlari taqiqlandi. Go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, sport zallari, basseynlar, madaniy va ko‘ngilochar muassasalar yopildi. Fuqarolarning ko‘chalarda, bog‘ va xiyobonlarda harakatlanishi cheklandi — uch kishidan ortiq to‘planish hamda 65 yoshdan oshganlarning harakatlanishi mumkin emas.

«Worldometer»ning ma’lum qilishicha, 12-iyul holatiga ko‘ra Qozog‘istonda 58 253 ta koronavirus holati qayd etilgan, ulardan 264 nafari vafot etgan, 33 814 kishi tuzalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring