Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa davlatida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Yevropa davlatida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Foto: «RIA Novosti»

Avstriyada Perudan kelgan erkakda koronavirusning lyambda shtammi bilan zararlanish holati ilk bor qayd etildi.

ORF telekanalining mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berishicha, birinchi marta Peruda aniqlangan koronavirusning «lyambda» shtammi bilan kasallanishning birinchi holati Avstriyada kuzatildi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, shtamm tanishlarini ziyorat qilish uchun Avstriyaga kelgan Peru fuqarosida aniqlangan. Safar davomida alomatlar namoyon bo‘lgan, keyin test orqali virus borligi tasdiqlangan. Erkak allaqachon tuzalib ketgan. Hozircha infeksiyaning yangi holatlari aniqlanmagan.

Koronavirusning lyambda varianti birinchi marta 2020 yili Peruda aniqlangan. Iyul oyida JSST 30 dan ortiq mamlakatlarda, asosan Janubiy va Shimoliy Amerikada bu shtammning tarqalishi haqida xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring